Yakshanba, 19.05.2024, 00:40
Главная
Регистрация
Вход
zAk_NeT
Приветствую Вас Mehmon | RSS
Sayt sahialari
    So'rovlar
    Xit taronalardan qaysi biri bizni saytda bo'lishini hohlaysiz?
    Barcha ovozlar: 48
    Statistika

    Onlayndagilar: 1
    A'zolar: 1
    Mehmonlar: 0
    Saytga kirish
    Главная » 2009 » Mart » 4 » Ozodbek Nararbekov haqida!!!
    20:28
    Ozodbek Nararbekov haqida!!!

    4-15 alprelda o'z yakkahon kansert dasyurini o'tkazish niyatida bo'lgan Ozodbek Nazarbekov haqida ma'lumotlarni sizga havola etamiz.

    Ozodbek Nazarbekov Axmadovich 1974 yil 7 mayda Andijon viloyati, Shahrixon tumanida tug`ilgan.


    1994 yildan buyon qo`shiqchilik san`ati bo`yicha o`z ijodiy faoliyatini boshlagan.

    2002 yildan buyon “O`zbeknavo” estrada birlashmasida yakkaxon xonanda sifatida faoliyat yuritadi.

    Ozodbek Nazarbekov 1994 yildan Respublika miqyosidagi davlat tadbirlarida: O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, Navro`z umumxalq bayrami va Mustaqillik bayramlarida faol ishtirok etib kelmoqda.

    Respublikamizning barcha viloyatlarida o`zining yakkaxon konsert dasturlarini namoyish etgan.

    2003 yil 22 iyunda Turkiston saroyida “Oydin kechalar” deb nomlangan yakkaxon konsertini, 2005 yil 15-16 aprelda esa, Xalqlar do`stligi saroyida “Yuragimdan kuylaganim sen” deb nomlangan konsertini, 2006 yil 12-13-14-15 aprel kunlari “Sening darding...” deb nomlangan konsertini o`z muxlislariga taqdim etgan.

    1994 yildan buyon honandaning 7 ta audio, video kasseta va disk to`plamlari yozilib, sotuvga chiqarilgan.

    Respublika, viloyat, tuman va shahar televideniya tarmoqlarida xonandaning "Kel, ey yorim" (1994 y), "Toshkentim go`zallari" (1997 y), "Barno" (1997 y), "Kechalar" (1998 y), "Chandiq Qiz" (2002 y), "Chang ko`chalar" (2002 y), "Bevafo" (2003 y), "Jonim manim" (2005 y), "Kuyib qolganman" (2006 y), "Vatan" (2006 y), "Yomg`ir" (2006 y) kabi o`nlab qo`shiqlari va musiqiy kliplari muntazam namoyish etib kelinmoqda.

    Hozirda xonandaning qo`shiqlari aytilmagan bayram, to`y, radio to`lqinlari topilmasa kerak. Ayniqsa, oxirgi yillarda "Kutaman", "Anjancha", "Nayda bor", "Bevafo", "Ona" qo`shiqlari yoshu-qari tinglaydigan qo`shiqqa aylandi.

    2008 yilda muxlislar e`tiboriga havola qilingan qo`shiqlar orasida ham uzoq vaqt tinglab yuriladigan qo`shiqlar mavjud. Xonandaning ham asl maqsadi bir oz eshitilib esdan chiqariladigan emas, balki har vaqt ham eshitish zavq bag`ishlaydigan qo`shiqlar yaratish.

    Ozodbek Nazarbekov O`zbekiston Davlat San`at oliygohini tamomlagan.

    2007 yil Oliy mukofotlardan biri "O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan artist" unvonini bilan taqdirlangan.

    Просмотров: 2719 | Добавил: zak | Рейтинг: 3.7/3
    Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
    [ Регистрация | Вход ]
    Qidiruv tizimi
    Kalendar
    «  Mart 2009  »
    01020304050607
          1
    2345678
    9101112131415
    16171819202122
    23242526272829
    3031
    Arxivlar
    Tavsiya Etilgan saytlar
  • O'zbek Shou-biznesi

  • | Copyright MyCorp © 2024 | |